Yangiliklar

22 Oktyabr 2024

Madaniy meros obyektlarini ijaraga berish bo'yicha ochiq tanlov

Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish bo’yicha ochiq tanlov savdosiga taklif etadi.

Diqqat! Diqqat! Diqqat!

Barcha yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy sarmoyadorlar diqqatiga!

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-martdagi 53-sonli qaroriga asosan moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish bo’yicha ochiq tanlov savdosiga taklif etadi.

Tanlovga qo‘yilgan obyektlar va ularni ijaraga berish shartlari:

Obyektlar nomi

Joylashgan manzili

Umumiy yer maydoni
(kv.m)

Qurilish osti yer maydoni
(kv.m)

Investitsiya majburiyatlari eng kam miqdori

Obyektni ijaraga olish muddati

1.

Bikajon Bika madrasasi

Xorazm viloyati Xiva shahar Yangi turmush MFY Ismoilov ko‘chasi
38-uy

1 460

1 460

800 mln.so‘m

30 yil

2.

Xon dorixonasi

Xorazm viloyati Xiva shahar Mevaston MFY Markazi 1

760

760

800 mln.so‘m

30 yil

3.

Allaqulixon Madrasasi

Xorazm viloyati Xiva shahar Ichan qal'a MFY Zargarlar  ko‘chasi 33-uy

2 760

2 760

3,0 mlrd.so‘m

30 yil

4.

Kalajik majmuasi (Dovud-qal’a)

Xorazm viloyati Bog‘ot tumani “Qalajiqqa’la” MFY

224 000

5 664,3

3,0 mlrd.so‘m

30 yil

5.

Xusan Muhammad boy madrasasi

Xorazm viloyati Xiva shahar Qumyasqa MFY Polvon qoriy ko'chasi

800

414

600 mln.so‘m

30 yil

 

Tanlov o‘tkazish manzili: Toshkent shahar Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasi 1-uy (Madaniy meros agentligi).

 

Tanlovlarning qo‘shimcha shartlari:

  1. Tanlovda tegishli hujjatlarni taqdim etgan hamda tanlov savdosi obyekti bo‘yicha belgilangan eng kam investitsiya majburiyatidan kam bo‘lmagan miqdorda aktivlar, shu jumladan pul mablag‘lariga ega bo‘lgan barcha jismoniy va nodavlat yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari qatnashishlari mumkin.
  2. Investitsiya kiritish mobaynida yaratilgan ish o‘rinlari, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng keyingi 1 yil davomida saqlanadi.
  3. Tanlovda g‘olib deb topilgan talabgor shartnoma imzolangandan keyin 30 kun muddat ichida tanlov obyektini mustaqil baholovchi tomonidan baholatadi, bunda baholashga ketadigan sarf xarajatlar tanlov g‘olibi tomonidan qoplanadi.
  4. Tanlov savdosi natijalari bo‘yicha g‘oliblik bayonnomasi imzolangan sanadan boshlab 20 kundan kechikmay oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.
  5. Tanlovda qatnashish uchun talabgor yoki uning vakolatli vakili shaxsan yoxud pochta orqali Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasiga 2024-yil 21-noyabr soat 18:00 gacha tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ikki nusxada buyurtmanoma taqdim etadi:

- nodavlat yuridik shaxslar uchun – davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi, ta’sis hujjatlarining nusxasi hamda vakolatli vakilning tanlovda qatnashishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini ilova qilgan holda;

- jismoniy shaxslar uchun – pasport nusxasi, tanlovda vakolatli vakil qatnashganda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini ilova qilgan holda;

- ikki nusxadagi muhrlangan konvertga solingan tanlov hujjatlariga muvofiq tuzilgan tanlov taklifi, unda quyidagilar bo‘lishi kerak:

- biznes rejani bajarish, asbob-uskunalarni yetkazib berish (nazarda tutilgan bo‘lsa) muddatlari, ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan mahsulot turlari yoxud ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati va ularning raqobatbardoshliligi, xom ashyo, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mavjud asbob-uskunalardan va ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish tahlillari, kutilayotgan iqtisodiy samara ko‘rsatilgan biznes reja, shu jumladan investitsiya kiritish rejasi;

- investitsiya majburiyatlarining taklif etilayotgan summasi, investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning turi, muddati va ularni bajarish, shu jumladan davlat mulki ob’ektini moliyaviy-iqtisodiy sog‘lomlashtirish yoki uning hududidan xo‘jalik jihatidan foydalanish shartlari;

- talabgorning moliyaviy jihatdan to‘lovga qodirligini va (yoki) tegishli tarmoqda ilgari amalga oshirilgan investitsiya loyihalarini tasdiqlovchi hujjatlar.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yuridik va jismoniy shaxslar (Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 23-uyning 3-qavati 335-xonasi) Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasiga xabarnoma e’lon qilingan kundan boshlab rasmiy ish kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha (13:30 dan 14:30 gacha tushlik vaqti) murojaat qilishlari mumkin.

161 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech