Yangiliklar

03 Noyabr 2026

“Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” MChJ rahbarligiga tanlov

 “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” MChJ ijroiya organi rahbarlik lavozimiga tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida
 EʼLON

    Davlat aktivlarini boshqarish agentli Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qarori talablariga asosan “­Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” MChJ ijroiya organ rahbari lavozimiga nomzodlarni saralash boʻyicha tanlov eʼlon qiladi.

  1. Lavozim tavsifi (yoʻriqnomasi):

Amaldagi qonunchilik hamda jamiyat ustaviga asosan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi:

jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi

jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi va bitimlar tuzadi;

jamiyat nomidan vakillik qilish huquqi uchun ishonchnomalar beradi;

jamiyat xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni bekor qiladi, xodimlarga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini va intizomiy jazolarni qoʻllaydi;

jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi va jamiyatning kuzatuv kengashi vakolatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

  1. Nomzodlarga qoʻyiladigan malaka talablar:

Quyidagi shaxslar nomzod boʻla olmaydi:

  • oliy maʼlumoti boʻlmagan shaxslar;
  • rahbarlik lavozimida kamida 2yil ish tajribasiga ega boʻlmagan shaxslar;
  • ushbu shaxslar aybi bilan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi sababli, koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyani bekor qilish paytida bunday shaxslar yakka ijroiya organi vazifasini bajarayotgan boʻlsa yoki kollegial ijroiya organi tarkibiga kirsa yoki yuridik shaxs taʼsischilari hisoblansa va bunday litsenziyani bekor qilgandan uch yildan kam vaqt oʻtgan boʻlsa;
  • iqtisodiyot sohasida yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat sodir etganligi sababli sudlanganlik holati tugallanmagan boʻlsa, shuningdek korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestriga kiritilgan boʻlsa;
  • sud hukmiga binoan muayyan lavozimda ishlash yoki muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilingan shaxs;
  • bunday shaxs bankrot etib topilgan paytda yuridik shaxsning yakka ijroiya organ vazifasini bajargan yoki kollegial ijroiya organi tarkibiga kirgan boʻlsa va uni bankrot deb topgan paytdan xali ikki yil oʻtmagan boʻlsa.

Nomzodlarga qoʻyiladigan umumiy talablar:

  • mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlish;
  • rahbarlik lavozimlarida, shu jumladan,  mazkur sohada rahbarlik Boshqaruv raisi/direktor, Boshqaruv raisi/direktor oʻrinbosari yoki rahbarlik lavozimiga tenglashtirilgan lavozimlar (bosh muhandis, bosh mexanik, bosh iqtisodchi,boʻlim/sex boshligʻi va boshqa lavozimlarda kamida 2 yillik ish stajiga ega boʻlish;
  • mazkursohada kamida 5 yillik tajribaga ega boʻlgan shaxslar;
  • yirik korxonalarni boshqarish boʻyicha muvaffaqiyatli tajribasi mavjudligi;
  • ishbilarmonlik va/yoki professional muhitda benuqson obroʻ va ijobiy yutuqlarga ega boʻlganligi;
  • oʻzi faoliyat yuritgan yoki boshqargan korxonalarda biznes strategiyasi/barqaror rivojlanish/investitsion loyihalar siyosatini ishlab chiqish va targʻib qilish tajribasi;
  • oʻzi faoliyat yuritgan yoki boshqargan korxonalarda chuqur oʻzgarishlarni, zamonaviy korporativ tizimini va madaniyatini ishlab chiqish va amalga oshirish tajribasi.
  1. Taqdim etilishi lozim boʻgan hujjatlar:
  • Tanlovda qatnashishga roziligi, taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligini tasdiqlashi va tanlovda gʻolib boʻlgan taqdirda ishga yollash shartnomasini tuzishga roziligi bildirilgan, oʻz qoʻli bilan yozilgan ariza;
  • Maʼlumotnoma-obyektivka (belgilangan shakldagi);
  • Mehnat daftarchasi nusxasi;
  • Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasasining yoki xorijda oliy taʼlim olganligi bakalavr diplomi va/yoki magistr diplomi (mavjud boʻlsa);
  • Ilmiy unvon (fan nomzodi, fan boʻyicha falsafa doktori, fan doktori) va ilmiy daraja (dotsent, katta ilmiy xodim, professor) tasdiqlovchi xujjat (mavjud boʻlsa);
  • Qoʻshimcha oliy maʼlumot olganligi (ikkinchi, uchinchi) xaqidagi diplom (mavjud boʻlsa);
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga koʻra lavozimga tayinlangan toʻgʻrisidagi xujjat (ish tajribasi koʻrsatilgan holda);
  • Davlat tashkilotida maʼmuriy-boshqaruv lavozimlarida ish tajribasini tasdiqlovchi xujjat (mavjud boʻlsa) va tegishli vazirlik va idoralar hamda maxalliy xokimiyat organlari tomonidan ijobiy tavsiyanomalar taqdim etilganda qoʻshimcha baholanadi;
  • Xorijiy mamlakatlarda rahbarlik lavozimlarda (direktor, direktor oʻrinbosari, menedjer, supervayzer) ish tajribasi yoki xorijiy yurisdiksiyada masalalarni hal qilishning amaliy tajribasiga ega ekanlikni tasdiqlovchi xujjat (mavjud boʻlsa). Ijobiy tavsiyanomalar boʻlsa, qoʻshimcha baholanadi;
  • Tanlov eʼlon qilingan sohadagi rahbarlik tajribasi (boshqaruv raisi/direktor, boshqaruv raisi/direktor oʻrinbosari yoki rahbarlik lavozimiga tenglashtirilgan lavozimlar (bosh muhandis, bosh mexanik, bosh iqtisodchi, boʻlim/tsex boshligʻi va boshqa.)) toʻgʻrisidagi xujjat (mavjud boʻlsa);
  • Xoʻjalik jamiyatlarining rahbarlik lavozimlarida ishlash tajribasi (boshqaruv raisi/direktor, boshqaruv raisi/direktor oʻrinbosari, bosh hisobchi, tashkilotining yuridik xizmati rahbari, vakolatxona yoki filial rahbari) toʻgʻrisidagi xujjat (mavjud boʻlsa);
  • Xoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida ish tajribasi toʻgʻrisidagi xujjat (mavjud boʻlsa);
  • Xorijiy tillarni bilish darajasi toʻgʻrisida guvohnoma (mavjud boʻlsa);
  • Amal qilish muddatiga ega korporativ boshqaruvchi malaka attestati (mavjud boʻlsa);
  • Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi, auditor, sugʻurtalovchi, baholovchi, sud boshqaruvchisi malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi amal qilish muddatiga ega xujjatlar (mavjud boʻlsa);
  • Xalqaro sertifikatlar (CFA, CPA, ACCA, ACA, CIMA, IMC, FRM) (mavjud boʻlsa);
  • Kompyuter bilimdonlik - MS Office, MS Excel – ishonchli foydalanish (guvohnoma mavjud boʻlsa);

Tanlov xujjatlarini topshirishning oxirgi muddati – 2026-yil 2 noyabrdan
30-noyabr
, soat 18:00ga qadar.

Tanlov takliflari va xujjatlar muxrlangan konvertlarda va konvertning ustki qismida tanlovda ishtirok etuvchi nomzodning tanlovda ishtirok etish uchun arizasi ilova qilingan xolda taqdim qilinadi.

Xujjatlar quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: 100000, Toshkent shahri, Amir Temur shoh koʻchasi, 6, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi binosi.

Murojaat uchun telefonlar:

maʼlumot olish uchun: 71-259-22-57;

hujjatlarni topshirish boʻyicha: 71-259-20-54

11 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech